Surxondaryoda suv ichishga kelgan morxoʻrlar fotoqopqonga muhrlandi

13:24 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
302 0

Foto: Xalq so‘zi

Morxoʻrlar butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Shu bois bu tur noyob hayvonlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Morxoʻrlar Oʻzbekistonda Koʻhitang, Boysuntogʻ, Bobotogʻ tizmalarida, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston shimoli, Pokiston, Hindiston, Afgʻoniston sharqida uchraydi. Morxoʻrlar togʻlarning tosh-qoyali va siyrak archazor yonbagʻirlarida yashaydi.

1950-1970-yillarda morxoʻrlar keskin kamayib ketgan, keyinchalik “Surxon” davlat qoʻriqxonasida olib borilgan muhofaza choralari tufayli asta-sekin barqarorlashdi. Oxirgi sanoq natijalariga koʻra, mazkur qoʻriqxona hududida ularning soni 600 boshdan oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?