Surxondaryoda “Spark” avtomobili poyezdga toʻqnashib ketdi

17:14 08 Dekabr 2023 Jamiyat
379 0

Foto: “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ Axborot xizmati

Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ Axborot xizmati qoʻyidagilarni maʼlum qildi:

Bugun, joriy yilning 18-oktyabr kuni taxminan soat 08:47 da Surxondaryo viloyati Shoʻrchi – Xayrobod uchastkasidagi qoʻriqlanmagan (yoʻl belgilari va signalizatsiyasi oʻrnatilgan) temir yoʻl kesishmasida shaharlararo poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay Spark rusumli yengil avtomobil bilan toʻqnashib ketgan.

Mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan “Temir yoʻl kesishmalari orqali harakatlanish” qoidasini qoʻpol ravishda buzgani sabab boʻlgan. Toʻqnashuv natijasida teplovoz biroz shikastlangan, biroq poyezd yoʻlovchilari jabrlanmagan. Spark avtomashinasining haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va koʻrsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.

Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?