Surxondaryoda shampun qutisiga giyohvand moddani yashirib oʻtmoqchi boʻlgan qoʻshni mamlakat fuqarosi ushlandi

15:57 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
332 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi

Surxondaryoda shampun qutisiga giyohvand moddani yashirib oʻtmoqchi boʻlgan chet ellik fuqaro qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, Surxondaryo viloyatida joylashgan “Gulbahor” chegara bojxona postiga piyoda ravishda kirib kelgan qoʻshni mamlakat fuqarosining bezovtalanishi bojxona xodimlarining diqqatini tortgan. Shundan soʻng, unga tegishli qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilgan.

Qoʻl sumkasi ichidagi shampun qutisi ochib koʻrilganida, uning ichida oʻziga xos oʻtkir hidli, suyuq yogʻsimon modda borligi aniqlangan. Ekspertiza xulosasiga koʻra, sof ogʻirligi 166,45 grammni tashkil qiluvchi mazkur modda kannabis moyi boʻlib chiqqan. U giyohvandlik vositalari turkumiga kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?