Surxondaryoda qabriston hududida daraxt kesgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimi jarimaga tortildi

11:10 23 May 2024 Jamiyat
469 0

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qabriston hududida joylashgan daraxt tuman obodonlashtirish xodimi tomonidan sotish uchun noqonuniy kesib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi

Unga koʻra, mazkur holat boʻyicha boshqarma masʼullari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilgan. Natijada Sariosiyo tumani “Qayragʻoch”  qabristoni hududida bir tup tol daraxti qurib qolganligi bois, tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimi tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlangani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi “Qayragʻoch” qabristoni ishchisi G. H.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari – 8 million 500 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер