Surxondaryoda psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi

10:44 28 Iyul 2025 Jamiyat
146 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Denov tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va boshqalar fuqaro M.X.ga 100 dona “Zardeks” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi sotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar dori vositasining har bir qadogʻini 1 million soʻmdan hisoblab, 10 million soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?