Surxondaryoda oʻzini oʻzi band qilganlar 72 ming nafardan oshdi

Foto: Халқ сўзи
Prezidentimizning 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan oʻsha yilning 1-iyulidan boshlab oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolar belgilangan tartibda mehnat stajiga ega boʻlish tartiboti amalga kirdi. Xususan, xalq tabobati, xalq hunarmandligi aksariyat turlari, sartaroshlik, novvoylik kabi 70 ga yaqin faoliyat turlarining biri bilan shugʻullanayotganlar shunday imkoniyatga ega. Bunda soliq xizmati organlariga murojaat qilgan holda yoki Soliq mobil ilovasi orqali bepul roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
— Novvoychilik bilan shugʻullanayotganimga oʻn yildan oshdi, — deydi Termiz shahrida faoliyat koʻrsatib kelayotgan fuqaro Shamsiddin Qayumov. — Soliqchilar koʻmagida Soliq mobil ilovasidan foydalanib oʻzini oʻzi band qilganlar qatoridan joy oldim. Buning afzallik tomonlari juda koʻp ekan. Yilda bir marotaba pensiya jamgʻarmasiga ijtimoiy soliq toʻlasam, bu bilan menga mehnat staji hisoblanar ekan. Boshida ikkilanib turgandim, tasavvur qiling, bir yilda 4 mln. soʻmga yaqin soliq toʻlovlarni amalga oshirganim qayda-yu, 270 ming soʻm qayerda? Katta mablagʻni iqtisod qilish imkoniyatiga ega boʻldim. Mamlakatimizda fuqarolarga yaratilayotgan bu kabi yengilliklardan judayam mamnunman.
Surxondaryo viloyatida oʻtgan yili bunday imkoniyatdan foydalangan 37 ming 629 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan sifatida davlat roʻyxatiga olindi. Viloyat DSB maʼlumotiga koʻra, soʻnggi ikki yilda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar soni 72 ming nafardan oshdi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring