Surxondaryoda oʻzboshimchalik bilan yerni noqonuniy egallab olgan shaxs aniqlandi

19:22 15 May 2024 Jamiyat
112 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari fuqarolar tomonidan yerni noqonuniy egallab olish holatlarini tahlil qilib, choralar koʻrmoqda.

Xususan, Sariosiyo tumani boʻlimi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida tumanning Bogʻiston mahallasi hududida fuqaro A.S. tomonidan tuman hokimligi zaxira yer maydonidan oʻzboshimchalik bilan 0.02 gektar yer maydonini egallab, 100 kv.m oʻlchamda noqonuniy qurilish qilgani aniqlandi.

Qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi. Noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning oʻzida bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?