Surxondaryoda «Oʻzbekiston anorchilari kuni» respublika festivali oʻtkaziladi

Foto: Xalq so‘zi
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida «Oʻzbekiston anorchilari kuni» respublika festivali oʻtkaziladi. Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Jahon banki, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Anorchilar assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilayotgan ushbu festival Sherobod tumanidagi “Sherobod Anor Impex” MCHJ hududida boʻlib oʻtadi.
Tadbir doirasida “Oʻzbekistonda anor yetishtirish va uni qayta ishlash istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi.
“Eng mazali anor sharbati – 2022”, “Eng mazali anor navi”, “Eng katta anor – 2022”, “Eng chiroyli anor tozalash” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar tashkil etilib, gʻoliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Festival dasturidan rang-barang koʻngil ochar tadbirlar ham oʻrin olgan.
Mazkur tadbir oldidan jurnalist va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi. Uning ishtirokchilari 43 gektar maydonda “Qozoqi” navli anor koʻchatlari parvarishlanayotgan «Sardorbek Sultonbek» MCHJ, ikki gektar yer maydonida “Oqpar”, “Mayskiy” navli anorni parvarishlayotgan «Abdulazizov Ziyodullo Bahriddinovich» anorchilik fermer xoʻjaligi anorzorlarida bogʻbonlar bilan suhbatlashib, mevalarning navi, taʼmi va hosildorligi bilan qiziqishdi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring