Surxondaryoda “Nexia” boshqa yengil avtomobil bilan toʻqnashib, temir ustunga borib urilgan

08:57 11 Noyabr 2021 Jamiyat
886 0

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 8-noyabr kuni “Nexia” boshqa “Nexia” bilan toʻqnashib, temir ustunga borib urilgan. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Tasmasoy mahallasi hududida sodir boʻlgan. Unda 1997-yilda tugʻilgan “Nexia” haydovchisi quvib oʻtish qoidabuzarliklari natijasida haydab ketayotib, 1987-yilda boshqaruvidagi “Nexia” avtomobili bilan toʻqnashib ketgan. Toʻqnashuvdan keyin haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi metall ustunga borib urilgan.

YTH natijasida oq rangli “Nexia” avtomobilidagi yoʻlovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?