Surxondaryoda MIB xodimiga tan jarohati yetkazgan shaxslarga jinoiy ish ochildi

16:38 15 Avgust 2022 Jamiyat
211 0

Foto: Xalq so‘zi

Majburiy ijro byurosi sud va boshqa organ qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni taʼminlashda, fuqarolar hamda jamiyat manfaatlarini qonuniy himoya qilishda muhim oʻrin tutmoqda.

Afsuski, bu haqiqatni anglamagan yoki anglasa-da, zoʻravonlik bilan oʻz manfaatini qonundan ustun qoʻygan ayrim fuqarolar tomonidan mavjud qarzdorlikni bartaraf etmasdan davlat ijrochilariga qarshilik koʻrsatish holatlari uchrab turibdi. Bunday harakatlar uchun esa amaldagi qonunchilikda javobgarlik belgilangan.

Joriy yilning 9-avgust kuni Majburiy ijro byurosi Qiziriq tumani boʻlimi davlat ijrochilari Yu.T., Sh.E. va S.S. tumanning “Bogʻiston” mahallasida yashovchi qarzdor R.O.ning jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni undirish maqsadida uning yashash manziliga borishgan. Ijro harakatlarini amalga oshirish vaqtida qarzdor R.O va uning otasi A.X. davlat ijrochilarining qonuniy talablariga boʻysunmay, ularga faol qarshilik koʻrsatib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat boʻyicha Qiziriq tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?