Surxondaryoda “Matiz” “Labo”ni urib agʻdardi

Joriy yilning 6-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda «Shoshqaloq «Matiz» haydovchisi tezlikda kelayotgan «Labo»ga yoʻl bermadi va uni urib agʻdardi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Video lavha yuzasidan IIV YHXBB maʼlumot berdi.
Joriy yilning 4-yanvar kuni soat 16:05larda, Surxondaryo viloyati, Uzun tumani hududidan oʻtgan 4R 108V avtomobil yoʻlining 12-kilometrida, haydovchi, 1995-yilda tugʻilgan O.Q. «Matiz» rusumli avtomobilda yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan ortga qayrilib olayotgan vaqtida, haydovchi, 1996-yilda tugʻilgan S.A. boshqaruvidagi «Labo» rusumli avtomobilni urib yuborgan. Zarb oqibatida «Labo» avtomobili agʻdarilgan.
Toʻqnashuv natijasida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan Uzun tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring