Surxondaryoda Lasetti haydovchisi YPX xodimini sudrab ketdi

20:46 27 Sentyabr 2021 Jamiyat
1134 0

Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida Lasetti haydovchisi YPX xodimini 4 kilometr masofaga sudrab ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi oʻz telegram kanalida xabar berdi.

Voqea shu yilning 19-sentyabr sanasida sodir boʻlgan. YPX xodimiga jiddiy zarar yetmagan. Shuningdek, Lasetti haydovchisi voqea joyida ushlangan. Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Toshkentda uyqudagi “gai” deya “tanilgan” xodim ishdan boʻshatilgandi hamda Xorazmda oʻzaro janjalda ishtirok etgan “GAI” xodimlariga xayfsan berilgandi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?