Surxondaryoda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

15:20 25 Iyul 2022 Jamiyat
293 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Surxondaryoda kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablagʻlarining talon-toroj qilinishi boʻyicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan oʻz vaqtida qonuniy choralar koʻrilmoqda.

Xususan, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.F.” MCHJ rahbari R. hamda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Ya. MCHJga “Limonchilik faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy issiqxona tashkil etish” maqsadida bank filialidan ajratilgan 1,6 mlrd soʻm kredit mablagʻini maqsadsiz sarflab, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Yangiyer shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “P.D.” MCHJ rahbari D.B. va boshqalar, binoni taʼmirlash va jihozlash uchun ajratilgan 1,2 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Marhamat tuman boʻlimi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “D.I.” MCHJ rahbari Z.O. va boshqalar tikuv dastgohlari va matolar sotib olish uchun ajratilgan 1,1 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.T.” MCHJ rahbari S.T. va boshqalar «Mikrokreditbank» ATB Kattaqoʻrgʻon filialidan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchasini tashkil etish uchun ajratilgan 800 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер