Surxondaryoda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.” kichik korxonasi rahbari N.A. hududiy tijorat banki filialidan tikuvchilikni rivojlantirish uchun tikuv mashinasi, asbob uskuna va xom ashyolar sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻini “B.T.” kichik korxonasiga oʻtkazish orqali boshqa maqsadlarda sarflab, jami 428,4 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Shu kabi, Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan yana bir tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Oʻ.I. va “M.Oʻ.” fermer xoʻjaligi rahbari Oʻ.M. 6 nafar fuqaroning xabardorligisiz taʼminotchi korxonalar hisob raqamiga 174 mln soʻm kredit mablagʻini oʻtkazishib, fuqarolarga chorva mollarni olib bermasdan, oʻzgalar mulkini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring