Surxondaryoda Xalq taʼlim boʻlimi xodimi pora bilan qoʻlga olindi

09:42 17 Avgust 2022 Jamiyat
201 0

Foto: Illustrativ surat

Joriy yilning 3-avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Departamentining Qiziriq tuman boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan tadbiroʻtkazilgan.

Unda Qiziriq tuman XTB eksplutatsiya boʻlimi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumtaʼlim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSH dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda H.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?