Surxondaryoda YTHga uchragan avtomobil ichidagi yoʻlovchilari bilan yonib ketdi

04:02 19 Aprel 2022 Jamiyat
249 0

Surxondaryo viloyati IIB YHXB maʼlum qilishicha, 14-aprel kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanida inson oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi.

Qayd etilishicha, Angor-Jarqoʻrgʻon yoʻnalishida harakatlanayotgan “Nexia-3” avtomashinasi haydovchisi harakatlanish chogʻida boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan yana bir “Nexia-3” bilan toʻqnashgan.

YTH oqibatida avtotransport vositalarining birida yongʻin yuzaga kelgan.

Natijada, 23 yoshli erkak va ayol yoʻlovchilar hamda haydovchi hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?