Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan aka-uka qamaldi
Foto: Videodan kadr
Surxondaryoda YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmay, uni haqorat qilgan aka-uka 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 26-iyun kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki nafar aka-uka xizmatga jalb etilgan YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, qasddan huquqbuzarlik sodir etgan.
Shu kunning oʻzida olib borilgan tezkor choralar natijasida huquqbuzarlar IIBga olib kelingan va ularning harakatiga nisbatan toʻplangan hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Sud qarori bilan aka-uka Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik), 194- (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 135-moddalarida (yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring