Surxondaryoda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan fermer va MCHJ rahbari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.N.” fermer xoʻjaligi rahbari N.T. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 89,8 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablagʻlari evaziga shartnomada belgilangan 250 tonnalik muzlatkich uskunalarini xarid qilmasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Sherobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “SH.G.” MCHJ rahbari O.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, 12 nafar fuqaroga limonchilikni tashkil etish uchun ajratilgan 354 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga issiqxona qurib bermasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring