«Surxondaryoda hech qanday sababsiz «Kamaz»ga qarata oʻq uzgan “boy” qonun oldida javob berishi shart

21:49 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
871 0

“Adolat” SDPning Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot kotibi Gulshod TURSOATOVA yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir holatga oʻz munosabatini bildirdi.

«Surxondaryoda hech qanday sababsiz Kamazga qarata oʻq uzgan “boy” qoʻlga olindi» sarlavhali xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab boʻldi.

Xabarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joriy yil 27-avgust kuni soat 16:34 larda tumanning “Darband” mahallasida yashovchi D.M. oʻzining avtomashinasini tumanning «Shifobuloq» mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlidan M-39 avtomobil yoʻlida boshqarib borib, shu yoʻlda harakatlanib ketayotgan Sherobod tumani «Gʻoʻrin-Gilambob» mahallasida yashovchi M.A. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli avtomashinasiga oʻzida boʻlgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba otganligi keltirilgan.

IIB rasmiy bayonotiga koʻra, 28-avgust kuni D.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi keltirib oʻtilgan.

Mazkur masala yuzasidan partiya Boysun tuman Kengashi vakillari hamda deputatlar tumanning «Shifobuloq» mahallasiga borib muammoni oʻrganib chiqishdi. Aniqlanishicha, mazkur mahallada yashovchi D.M. oʻzining avtomashinasini tumanning «Shifobuloq» mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlidan M-39 avtomobil yoʻlida boshqarib borib, shu yoʻlda harakatlanib ketayotgan Sherobod tumani «Gʻoʻrin-Gilambob» mahallasida yashovchi M.A. boshqaruvidagi «Kamaz» rusumli avtomashinasiga hech bir asossiz oʻzida boʻlgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba otganligi aniqlandi. Partiya vakillari murojaatiga javoban ayni paytda tuman Prokuraturasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan tergov ishlari olib borilayotganligi va tergov tugagandan soʻng, aniq dalillarga asoslangan maʼlumotnoma taqdim etishlari bildirilgan.

Bir narsa oʻylantiradi kishini, bu qurollar bizga qayerdan kirib kelyapti? Nima uchun fuqarolarning yor-birodarlarining hayotiga nuqta qoʻyish maqsadida qurol ishlatishga haddi sigʻyapti? Qonunchilikda quroldan foydalanish da meʼyor qoidalari borligidan, nahotki quroldan foydalanuvchilar bexabar boʻlsa!?. Faraz qilaylik, xuddi AQSHga oʻxshab bizda ham qurol-yarogʻlar ochiq oshkora sotilaversa, unda nima qilish kerak, degan fikr uygʻonadi kishida.

Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi qonunida qurol ishlatishga egalik qiluvchi shaxslarga nisbatan bir qator mezonlar belgilab qoʻyilganligini aytish mumkin. Pnevmatik qurolga aslida, bugungi kungacha ham fuqarolarning mazkur qurolga ega boʻlishiga huquqiy hech qanday cheklov yoʻq edi. Yangi qonun esa buni umumiy tartibga soldi, hatto, maʼlum darajada cheklagan ham. Misol uchun, shu kungacha pnevmatik miltiq, signal, start, gaz pistoletlari yoki gaz ballonchalari qurol jumlasiga kiritilmagan. Bu kabi vositalar hech qanday ruxsatnomasiz doʻkondan sotib olingan va koʻchada bemalol olib yurilgan. Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi qonuni kuchga kirgach, xizmat qurollari, fuqaroviy qurol sifatida ov va sport qurollari qatori oʻzini oʻzi himoya qilish qurollari ham Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi organlari tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida sotib olinadi. Shuningdek, qurollarni koʻchada ochiq holda olib yurish taqiqlanadi. Qonunda shuningdek, fuqaroviy qurollarni olib yurish mumkin boʻlmagan joylar belgilangan. Misol uchun, fuqaro oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ruxsatnomasiz olib yurish mumkinligi, ammo aholi yashash hududidan uzoqda unga egalik qiluvchi shaxsning uyida alohida seyfda qismlarga ajratilgan holda saqlanishi kerakligi keltirib oʻtilgan.

Demak, har bir qurol ishlatish ruxsatnomasiga ega boʻlgan shaxs aholi hayoti xavfsizligi uchun javobgardir. Qonunda belgilangan normalarga amal qilinmagan taqdirda Jinoyat Kodeksida belgilangan tartibdagi moddalariga asosan javobgarlikka tortilishi shartligi belgilangan. Qonun esa barchaga barobar» deb yozadi partiya vakili.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?