Surxondaryoda chet el valyutalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

10:37 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
267 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.Q. fuqaro U.ga jami 3 800 AQSH dollarini 43 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Yangiyer shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, shahardagi dehqon bozori atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Z.Q. fuqaro B.ga 3 050 AQSH dollarini 34,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xonqa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Xonqa shaharchasidagi savdo doʻkoni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.R. fuqaro M.dan 3 000 AQSH dollarini 33 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Buxoro shahri savdo markazi oldida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.X. (muqaddam JKning 177- moddasi bilan sudlangan) fuqaro D.dan 3 000 AQSH dollarini 32,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qoʻshtepa tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Margʻilon shahar dehqon bozori atrofida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan B.S. fuqaro M.ga 3 000 AQSH dollarini 33,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?