Surxondaryoda bir oilaning 5 aʼzosi is gazidan zaharlanib vafot etdi

16:36 27 Fevral 2024 Jamiyat
103 0

Illyustrativ foto

Boysun tumanining Duoba qishlogʻida 6 kishidan iborat oila aʼzolari qoʻlbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlangan.

Ota va uning voyaga yetmagan 4 farzandi vafot etgan, ona esa jonlantirish boʻlimida qolmoqda.

Duoba mahallasida yashagan 43 yoshli erkak va uning farzandlari – 10 yoshli oʻgʻil, 7 va 5 yoshli yoshli qiz uxlab yotgan vaqtida temirdan qoʻlbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, 38 yoshli ayol va uning 16 yoshli qizi esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz bugun – 27-fevral kuni vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?