Surxondaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi

Foto: Xalq so‘zi
Termiz shahridagi amfiteatr majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumi boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir uyushtirildi. Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyati boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar hamda viloyatda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining birinchi bosqichi aprel-iyun oylarida oʻtkazildi. Mahalla, sektor, tuman, viloyat hamda respublika bosqichida oʻtkazilgan tanlov va musobaqalarda jami 422 ming nafardan ziyod surxondaryolik oʻgʻil-qizlar ishtirok etdi. 17 nafar yoshlar respublika bosqichi gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Tantanali tadbirda viloyat hamda respublika bosqichi gʻoliblari munosib ragʻbatlantirildi.
— Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, xususan sport, madaniyat, kitobxonlik, IT yoʻnalishida iqtidorli yoshlarni kashf etish va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ommaviy tadbirlar koʻp ming sonli yoshlarni oʻz atrofiga birlashtirmoqda. Birgina viloyatimizda hozirda 250 mingdan ortiq oʻqil-qizlar “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumida qatnashish uchun beshtashbbus.uz sayti orqali elektron roʻyxatdan oʻtgan. Muhimi shundaki, oʻtkazilajak ushbu tanlov va musobaqalarga katta hozirlik koʻrilgan, — deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Jamshid Choriyev.
“Besh tashabbus olimpiadasi” ikkinchi mavsumi boshlanishiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Yoshlar festivali” tadbiri yakunida havaskor jamoalar hamda taniqli estrada xonandalari ishtirokidagi gala konsert namoyishi viloyat yoshlariga koʻtarinki ruh, bayramona xush kayfiyat bagʻishladi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring