Surxondaryoda bedarak yoʻqolgan erkakning jasadi topildi: u oʻldirilgan va molxonaga koʻmilgan

11:41 29 Aprel 2024 Jamiyat
387 0

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullangan erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Bungacha viloyat IIB Dahan mahallasida yashovchi 38 yoshli fuqaroning gʻoyib boʻlgani haqida xabar bergan edi. Fuqaro 16-aprel kuni uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Uning qayerda ekanligi haqidagi maʼlumot uchun 10 million soʻm mukofot puli ham vaʼda berishgan.

Yoʻqolgan erkakning jasadi 26-aprel, juma kuni Nurli Manzil mahallasidagi uylardan birining molxonasidan topilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchini qoʻlga oldi. Maʼlum boʻlishicha, u jabrlanuvchidan 40 million soʻm olib, qochib yurgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g,i” bandlari (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?