Surxondaryoda avtotransport vositalarini qayta jihozlab berishini vaʼda qilgan firibgar ushlandi

16:24 15 Avgust 2022 Jamiyat
184 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shoʻrchi tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.A. tadbirkor L.ga oʻzini IIB xodimi deb tanishtirib, uning 2 ta “Damas” hamda 1 ta “Zil” rusumli avtotransport vositasini qayta jihozlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 16 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?