Surxondaryoda akademik litseyga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan direktor oʻrinbosari ushlandi

16:36 07 Sentyabr 2022 Jamiyat
417 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Angor tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litsey direktori oʻrinbosari Q.A. fuqaro G.ning oʻgʻlini ushbu litseyga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?