Surxondaryoda 57 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Illustrativ foto
Prezidentimizning 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, boshqarma tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida jami 57 916 ta koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shundan 26 ming 35 tasi yakka tartibdagi turar joylar, 7 ming 10 tasi koʻp qavatli uylardagi xonadonlar, 15 ming 455 tasi yer uchastkasi hamda 7 ming 38 tasi noturar koʻchmas mulk obyektlari hisoblanadi.
— Shuningdek, viloyat hududidagi 2 ming 843 kilometr avtomobil yoʻli ham xatlovdan oʻtkazildi, 2 ming 200 km avtomobil yoʻllarining kadastr pasporti tayyorlandi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati rahbari B.Safarov. — Koʻchmas mulklarni rasmiylashtirish va kadastr hujjatlarini tayyorlashda tenglikni, shaffoflikni taʼminlash, mulkka boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirishga doir qonunchilik talablarining ijrosini qatʼiy kafolatlashga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa aholi oʻrtasida kadastr idoralariga nisbatan yaqin-yaqingacha kuzatilgan munosabatning ijobiy tomonga oʻzgarishiga turtki berayotir.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring