Surxondaryoda 200 million soʻmdan ortiq pulni qaytarmayotgan firibgar aniqlandi

19:14 02 Avgust 2022 Jamiyat
869 0

Foto: Arxiv surat

Termiz shahrida 2022-yil 19-iyul kuni shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimining xabariga koʻra, shaharning “Yulduz” mahallasida yashovchi, T.Shodiya (ism shariflar oʻzgartirilgan) 2022-yil 10-iyul kunidagi oʻzining arizasida, 2020-yilning 15-may kunida, oʻziga oldindan tanish boʻlgan, Angor tumani “Navroʻz” mahallasida yashovchi, T.Umid Termiz shaharda, “yangi tadbirkorlik ishini yoʻlga qoʻymoqchiligini” shu sababli unga hozirgi kunda ish boshlab olish uchun katta miqdorda pul zarurligini, agarda ishlari yaxshilanib ketsa bir oy muddatda pullarni qaytarib berishni aytib, 220.000.000 (ikki yuz yigirma million) soʻm pullarini olib, hozirgi kunga qadar qaytarib bermaganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan T.Umidga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?