Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan shaxs 7-yilga qamaldi

12:13 14 Noyabr 2024 Jamiyat
174 0

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyatida qoramollarni sotib beraman deb, 19 kishini chuv tushirgan fuqaro 7-yilga qamaldi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.

Bildirilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudida 19 nafar fuqaroning ishonchiga kirib ularni jami 91 mln 800 ming soʻmga chuv tushirgan 28 yoshlik erkak ishi koʻrib chiqilgan.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, sudlanuvchi oʻziga avvaldan tanish boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, qoramol sotib olishga pul tikishi kerakligi va uning foydasidan berib turishni vaʼda qilgan. Erkak oylar davomida jami 91 mln 800 ming soʻm miqdoridagi pullarni qoʻlga kiritgan. Ammo fuqaroga na pullarni, na qoramollarni qaytargan.

Moddiy zarar koʻrganini anglagan fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, ayblanuvchi 19 nafar fuqaroning jami 460 mln soʻm pullarini oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, 7-yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер