Surxondaryoda 17 mingga yaqin norasmiy ishlayotgan fuqarolar faoliyati legallashtirildi

08:37 29 Iyul 2022 Jamiyat
258 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish va soddalashtirish, soliq yukini izchil kamaytirish, hisobotlar turlarini tubdan qisqartirish yuzasidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar ishbilarmonlar safini yanada kengaytirish va investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qilmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi”. Chindan ham, bu tamoyil asosida soliq tizimi xodimlari tadbirkorlarga eng yaqin koʻmakchiga aylangan. Amaliyotga tatbiq etilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi inson omilini kamaytirib, tadbirkorlarga yanada koʻproq imkoniyat berayotir. Xususan, “Avtokamera” dasturi orqali viloyatdagi 2 ming 368 ta xoʻjalik yurituvchi subyektning soliq hisobotlaridagi xato va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xabarnomalar yuborildi. 1 ming 941 tadbirkorlik subyekti tomonidan kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida hisoblanishi lozim boʻlgan 633 milliard 831 million 794 ming soʻm mablagʻ soliq toʻlovchilarning ixtiyorida qoldi. Viloyatdagi 4 ming 405 ta xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan 107 mlrd. 770 mln. soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanildi. Shuningdek, joriy yilning birinchi yarmida 7 ming 369 ta korxonada norasmiy ishlayotgan 16 ming 609 nafar fuqaro faoliyati legallashtirildi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boʻlim boshligʻi Umid Koʻchkinovning aytishicha, Prezidentimizning 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ayrim tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida oʻrnatilishi natijasida hududdagi 1 ming 554 korxona ixtiyorida jami 1 mlrd. 50 million soʻm mablagʻ qoladigan boʻldi.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?