Surxondaryo viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi

Foto: Xalq so‘zi
Surxondaryo viloyat hokimi Toʻra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya Tomsk, Kemerova, Qozon shaharlari va Oltoy oʻlkasi bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish hamda Surxon vohasining iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatini namoyish etish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ishbilarmon doira vakillari bilan muzokaralar, yirik korxonalar faoliyati bilan tanishuv hamda bu yerda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuvlar uyushtirilmoqda. Jumladan, viloyat hokimi Toʻra Bobolov Qozon shahrida Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Shundan soʻng kengaytirilgan tarzda muzokaralar oʻtkazilib, Tatariston Respublikasi va Surxondaryo viloyati oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda qayd etildiki, soʻnggi yillarda oʻzbekistonlik hamkorlar bilan aloqalar faol rivojlanib, oʻtgan yilgi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 200 million AQSH dollarini tashkil etgan boʻlsa, joriy yilning birinchi yarmida ushbu koʻrsatkich 34 foizga oʻsgan.
Bundan tashqari Tatariston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Marat Zyabbarov bilan uchrashuvda qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, choravachilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, agrologistika va zamonaviy issiqxonalar tashkil etish loyihalari koʻrib chiqildi.
Rossiyaning Tomsk viloyatidan mamlakatimizga yogʻoch va yogʻoch materiallari, mashinasozlik ehtiyot va butlovchi qismlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi. Tomskdagi oliy taʼlim muassasalarida 2 ming nafardan ziyod oʻzbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Surxondaryo viloyat delegatsiyasi aʼzolari bu yerda Tomsk viloyati gubernatori Vladimir Mazur bilan uchrashib, «Tomlesdrev» yogʻochni qayta ishlash kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Delegatsiyaning mazkur tashrifi oʻzaro istiqbolli kelishuvlarga boy oʻtmoqda.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring