Surxondaryo va Fargʻonada mansabdorlar pora bilan qoʻlga tushdi

09:40 21 Avgust 2025 Jamiyat
199 0

Surxondaryoda energetika sohasining mansabdor xodimiga, Fargʻonada esa Xalq qabulxonasining masʼul xodimiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hududiy elektr tarmoqlari» AJ “Energosavdo” filialining Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman boʻlimi boshligʻi tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirib, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning elektr energiyasidan qarzdorligi boʻlsada, uni umumiy foydalanishda boʻlgan elektr tarmogʻiga qayta ulab berish va oʻzida saqlab kelayotgan fermer xoʻjalikka tegishli elektron hisoblagichni qaytarib berish evaziga 5 million soʻm talab qilgan .

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatida kuzatilgan holatda esa Oʻzbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi 1965-yilda tugʻilgan fuqaroning kredit qarzdorligi boʻyicha tuman Majburiy ijro boʻlimida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yoʻq qilib berish evaziga 5 million soʻm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?