Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida qator kamchiliklar va qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakillari joriy yilning sentyabr oyida Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida boʻlib, hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik hamda uni his qilish darajasi, korrupsiyaga oid murojaatlar va ularni qanoatlantirish holati, sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning aholi turmush tarziga va jamiyatga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri, ijtimoiy soʻrovlar orqali fuqarolarning korrupsiyaga duch kelganligi va boshqa shu kabi munosabatlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Qayd etilgan viloyatlarda ayrim mansabdor shaxslar tomonidan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik muntazam ravishda buzilayotgani, manfaatlar toʻqnashuvi va qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻyilayotgani, ayrim hokim va oʻrinbosarlarining tadbirkorlik subyektlari taʼsischisi ekanligi, imtiyozli kreditlar ajratishda ayrim hokim yordamchilarining taʼminotchi tadbirkorlik subyektlarining rahbar va taʼsischisi hisoblanishi, ochiq tanlovsiz davlat xizmatiga ishga qabul qilish hamda boʻsh ish oʻrinlarini yashirish holatlari aniqlandi.
Mavjud qonunbuzilishi holatlari boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.
Shuningdek, Agentlik vakillari tomonidan Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlarda loyihalar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilmaganligi, tadbirkorlar tomonidan ish oʻrni yaratish va yoshlarni ish bilan taʼminlash majburiyatlari bajarilmaganligi, investitsiya kiritilmaganligi, yer uchastkasi ajratilganligiga 2-3 yildan ortiq muddat oʻtganiga qaramasdan, qurilish ishlari boshlanmaganligi va yer uchastkasini davlat zahirasiga qaytarish choralari koʻrilmaganligi, ajratilgan yer maydonlarida boshqa obyektlar qurilganligi hamda ayrim holatlarda yer uchastkalari sotib yuborilganligi maʼlum boʻldi. Toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring