Surxondaryo IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi yangi binoda ish boshladi

14:45 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
231 0

Foto: Халқ сўзи

Barcha sharoitlarga ega yangi binoning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Abduvohid Ismoilov, ichki ishlar organlari xodimlari, faxriy mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi Guljanoy Naimovaning avtomashinasi uchun davlat raqami belgisi viloyat hokimi Toʻra Bobolov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Zamon talablari asosida taʼmirdan chiqarilgan va jihozlangan binoda endilikda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining roʻyxatdan oʻtkazish va imtihon olish boʻlimi xodimlari xizmat koʻrsatadi. Bu yerda 2 ta avtoturargoh, kutish zali, toʻlovlarni amalga oshirish uchun bankomat, oʻquv zali mavjud.

I. RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?