Surxondaryo gaz taʼminoti korxonasi xodimlari Xorazm viloyatiga sayohat qilishdi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz bir yilligi hamda Neft va gaz sanoati xodimlari kuni munosabati bilan “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filialining bir guruh mehnat jamoasi aʼzolari Xorazm viloyatiga sayohat qilishdi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 20-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga binoan «Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish uchun dam olish va bayram kunlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. Shunga binoan Mustaqillik bayramini munosib nishonlash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan mehnat jamoasining bir guruh ishchi-xodimlarining Xorazm viloyatiga sayohati uyushtirildi. Ular uzaytirilgan bayram kunlari Xiva va Urganch shahrining diqqatga sazovor joylari, meʼmoriy obyektlari va qadimiy yodgorliklar, madrasa va maqbaralar, zamonaviy qurilish obyektlarida boʻlib, unitilmas taascurotlrga ega boʻlishdi.
— Yaxshi dam –— mehnatga hamdam, deydi xalqimiz. Bu ayni haqiqat. Korxonamiz maʼmuriyati va kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan uyushtirilgan sayohat davomida ochiq osmon ostidagi muzey, deya eʼtirof etiladigan hamisha goʻzal va navqiron Xiva hamda Urganch shaharlarida ilk bora tashrif buyurdim. Hududning oʻziga xos madaniy merosi, boy oʻtmishi, bugungi qiyofasi rosti, mening havas va hayratimni oshirdi. Shu jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganch shahrida qurib bitkazilgan Jaloliddin Manguberdi yodgorlik majmuasini ham borib koʻrdik. Mahobatli bu yodgorlik ulugʻ ajdodlarimiz shon-shuhratini koʻz-koʻz qilishi barobarida har bir Vatandoshimiz qalbida faxr va iftixor baxsh etadi, — deydi Jarqoʻrgʻon tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimi Nargiza Karimova.
Sayohatchilar ushbu qadamjolarni ziyorat qilib bir olam taassurot bilan qaytishdi. Ular dillariga bir olam quvonch baxsh etgan sayohat uchun filial rahbaryati va oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring