Surxondaryo 4 oyda 33,1 mln. dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi

22:22 06 May 2020 Iqtisodiyot
745 0

Bugungi pandemiya sharoitida mamlakatimizda davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi, fuqarolarimizning ijtimoiy himoyasi hamda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash borasida ulkan islohotlar olib borilmoqda.

Jumladan, davlat rahbarining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, bojxona organlariga yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan oʻtkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini taʼminlash topshirigʻi berilgan.

Shular asosida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Xususan, joriy yilning 4 oyi davomida Surxondaryo viloyatidan roʻyxatdan oʻtgan hududiy va tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 66,8 million AQSH dollariga teng boʻlgan 94,6 ming tonna tovarlar eksporti amalga oshirilgan boʻlib, bu esa oʻtgan yilning mos davriga 920,6 ming AQSH dollariga yoki 1,4 foizga koʻpaygan.

Eksport qilingan mahsulotlar asosan quyidagilarga toʻgʻri keladi:

- Ip-kalava mahsuloti eksporti 23,3 million AQSH dollar (umumiy eksportning 34,8 foizi);

- Loviya mahsuloti eksporti 12,6 million AQSH dollar (umumiy eksportning 18,8 foizi);

- Mosh mahsuloti eksporti 5,3 million AQSH dollar (umumiy eksportning 8 foizi);

- Karam mahsuloti eksporti 4,8 million AQSH dollar (umumiy eksportning 7,2 foizi);

- Koʻkat mahsuloti eksporti 3,6 million AQSH dollar (umumiy eksportning 5,3 foizi);

- Piyoz mahsuloti eksporti 2,7 million AQSH dollar (umumiy eksportning 4 foizi);

- Pomidor mahsuloti eksporti 2,2 million AQSH dollar (umumiy eksportning 3,2 foizi).

Shundan viloyatdan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 33,1 million AQSH dollarni tashkil etadi.

Joriy yilning 4 oyi mobaynida viloyatdan eksport qilingan mahsulotlar borgan asosiy mamlakatlar:

- Xitoy Xalq Respublikasiga 20,2 million AQSH dollari miqdorida (umumiy eksportning 30,2 foizi);

- Afgʻoniston Islom Respublikasiga 16,9 million AQSH dollari miqdorida (umumiy eksportning 25,3 foizi);

- Pokiston Islom Respublikasiga 9,8 million AQSH dollari miqdorida (umumiy eksportning 14,7 foizi);

- Rossiya Federatsiyasiga 9,6 million AQSH dollari miqdorida (umumiy eksportning 14,4 foizi)

- Qirgʻiziston Respublikasiga 3 million AQSH dollari miqdorida (umumiy eksportning 4,5 foizi).

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, viloyatning eksport salohiyati pandemiya sharoitida ham oʻsishga erishilgan. Mazkur ijobiy oʻsishlarga viloyat bojxona boshqarmasi ham oʻz hissani qoʻshmoqda. Hozirda, boshqarmaning “Termiz”, “Denov”, “Jarqoʻrgʻon”, “Daryo porti” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi kunning istalgan vaqtida qisqa fursatlarda karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, viloyat bojxona boshqarmasi rahbariyati va bojxona postlari tomonidan doimiy tarzda “Bojxonachi – tadbirkor tayanchi” shiori ostida, tadbirkorlar bilan telefon orqali hamda masofadan turib muloqotlar oʻtkazilib, vakolat doirasida amaliy yordam koʻrsatilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?