Surxandaryoda tadbirkorga 500 mln soʻm kredit ajratib berishni vaʼda qilgan shoʻba mudiri ushlandi

12:45 06 Avgust 2022 Jamiyat
376 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining shoʻba mudiri X.T. “L.S.” MCHJga qarashli Shoʻrchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini taʼmirlash uchun 500 mln soʻm kredit ajratib berish evaziga 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер