Surxоndaryoda Xalq taʼlimi mudiriga maktab direktorini kamsitgani uchun chora koʻrildi

12:15 14 Avgust 2022 Jamiyat
223 0

Foto: Illustrativ surat

Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumani Xalq taʼlim boʻlimi mudiri A.B. 65-umumtaʼlim maktabi direktori N.Xudaydatovni haqorat qilganligi bilan bogʻliq audioyozuv tarqaldi.

Viloyat prokuraturasi holat Prokuraturaning tuman boʻlimi va Xalq taʼlim vazirining Nazorat-huquqiy Xizmati bilan hamkorlikda oʻrganilganligini maʼlum qildi.

Oʻrganishda, boʻlim mudiri A.B. maktab direktori N.Xudaydatovni uning xizmat vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan holda jamiyatdagi mavjud odob-ahloq qoidalariga rioya qilmaganligi uchun turli soʻzlar bilan haqorat qilib, uning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan A.B. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi (haqorat) bilan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilib, koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudiga yuborildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Sariosiyo tuman sudining 12.08.2022-yildagi qaroriga koʻra, A.B. MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер