Surxandaryoda yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxs aniqlandi

11:18 06 Avgust 2022 Jamiyat
259 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.R. “D.B.” fermer xoʻjaligiga qarashli sugʻoriladigan ekin yer maydonining 2 sotixini noqonuniy ravishda egallab olib, uy-joy qurish uchun beton poydevori qurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?