Surxоndaryo va Toshkent viloyatlarida kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

12:32 08 Avgust 2022 Jamiyat
205 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan Qibray tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro D.X. “F.L.” MCHJ rahbari T.ning ishonchiga kirib, MCHJga oʻgʻli K.X.ni taʼsischi sifatida kiritib, korxonaning 350 mln soʻmlik ishlab chiqarish uskunalarini oʻgʻlining nomiga oʻtkazib olganligi, shuningdek 3,5 mlrd soʻm kredit evaziga olingan tovarlarni ishlab chiqarish uchun ishlatmasdan naqd pulga sotib yuborib, kredit mablagʻini oʻzlashtirishish yoʻli bilan talon toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan bank filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.B.” fermer xoʻjaligi rahbari X.M. limonchilik faoliyatini rivojlantirish uchun zamonaviy issiqxona tashkil etish maqsadida ajratilgan 90 000 AQSH dollari kredit mablagʻini oʻzi norasmiy boshqarib kelgan “S.T.” MCHJga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?