Surishtiruv va tergov organlarining kadrlar salohiyatini oshirish choralari koʻrib chiqildi

20:27 03 Avgust 2022 Siyosat
737 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo boʻlayotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha faoliyatning metodik taʼminotini takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?