Surdlimpiya oʻyinlarining kumush medalini Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi qoʻlga kiritdi

14:56 28 Iyul 2023 Sport
350 0

Rossiya davlatining Boshqirdiston Respublikasi poytaxti Ufa shahrida ilk bor eshitish qobiliyati zaif sportchilar oʻrtasida “Biz birgamiz. Sport” shiori ostida I-yozgi Surdlimpiada oʻyinlari oʻtkazilmoqda.

Musobaqada dunyoning 30 ta mamlakati sportchilari 21 ta sport turi boʻyicha oʻzaro bahs yuritishmoqda.

Bugun gandbol boʻyicha ayollar birinchiligining gʻolib va sovrindor jamoalarini taqdirlash marosimi uyushtirildi.

Quvonarlisi, Surdlimpiya oʻyinlarining kumush medali Oʻzbekiston ayollar terma jamoasiga nasib qildi.

Gandbol. Ayollar birinchiligining yakuniy jadvali:

1-oʻrin. Rossiya-1.
2-oʻrin. Oʻzbekiston.
3-oʻrin Rossiya-2.

Surdlimpiada oʻyinlarida  Oʻzbekiston sport delegatsiyasi bir nechta sport turidan qatnashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?