Super-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi

17:21 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
816 0

Arxiv surat

Super-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar bermoqda.

«Tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Super-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan 2021/2022-oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi.

Shu munosabat bilan siz t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn shaklda yoki siz oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasiga bevosita murojaat qilgan holda toʻlov kontrakt-shartnomasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

Toʻlovlarni amalga oshirish muddati 2021-yil 20-noyabrga qadar etib belgilandi.

Bunda toʻlovning 50 foizi amalga oshirilgan taqdirda abituriyentni talabalikka qabul qilish boʻyicha oliy taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi rasmiylashtiriladi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi.

Maʼlumki, respublikamizdagi oliygohlarda tahsil olayotgan hamda 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiya qoʻshilmagan bazaviy toʻlov-shartnoma summasiga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) belgilangan edi.

Endilikda, mazkur muddat uzaytirilgan holda 15-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olgan va sertifikat taqdim etgan BARCHA talabalarga bir martalik 10 foiz chegirma bonusi beriladi», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?