Sunʼiy intellektning jamiyat uchun qanday xavfi bor?

18:21 24 Aprel 2023 Dunyo
808 0

Sunʼiy intellektning jamiyat uchun asosiy xavf-xatarlaridan biri shundaki, neyron tarmoqlar tobora koʻproq sifatli kontentni, jumladan, yangiliklar hisobotlari, ilmiy maqolalarni yaratish imkoniyatiga ega boʻlib, soxta maʼlumotlarning tarqalish xavfini oshiradi. Bu haqda “Lenta.ru” kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis Vladimir Ulyanovga tayanib, maʼlum qildi.

“Sunʼiy intellekt nazoratdan chiqib ketadi va buzgʻunchi harakatlar qila boshlaydi, degan qoʻrquv asossizdir, chunki unda bunday turdagi vakolat va imkoniyatlarga cheklov oʻrnatiladi. Men xavf sifatida koʻrayotgan yagona narsa va nima uchun undan foydalanishni cheklash kerak deb oʻylashimning sababi – endi neyron tarmoqlardan turli matnlar, ilmiy maqolalar, yangiliklar yaratish uchun foydalanish mumkin”, deydi Ulyanov.

“Axborot qancha koʻp tarqalsa, uni kim yaratganini, qanchalik real ekanligini tushunish shunchalik murakkablashadi. Soxta yangiliklar paydo boʻlishi mumkin”, deydi mutaxassis.

Oldinroq Italiyaning Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish idorasi dunyoda birinchi boʻlib “ChatGPT” chat-botidan foydalanishga vaqtinchalik cheklov joriy etgandi. Bunga shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish boʻyicha qonun buzilishi sabab boʻlgan edi. Keyinchalik Germaniyada ham “ChatGPT”ini bloklash koʻrib chiqilayotgani aytilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер