Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish Prezident tomonidan ilgari surildi
Qonunchilik palatasining birinchi chaqirigʻida soʻzga chiqqan Shavkat Mirziyoyev bir qator masalalarga toʻxtalib oʻtmoqda.
Prezident tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, ajratilayotgan mablagʻlar oʻz egasiga yetib borishini taʼminlash uchun majburiy tibbiy sugʻurta tizimini albatta qonun bilan mustahkamlab qoʻyish vaqti kelganini taʼkidladi.
“Xususiy maktab va bogʻcha quraman”, degan investorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga yanada keng sharoitlarni yaratib berish masalalariga eʼtibor berish lozimligi ham kun tartibidagi masala sifatida aytilgan.
Moliyaviy texnologiyalar, raqamli “market-pleys”lar, “veb-servis”, “bond omborlari” kabi yangi tijorat maydonlari kundalik hayotimizga jadal kirib kelmoqda. Shu nuqtayi nazardan, franchayzing, kapital bozori, “startap”lar sohasidagi munosabatlarning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratish juda muhim.
“Kelgusi yilda ilk bor elektr energiyasi onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Shu bois, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladigan bu sohada bozor mexanizmlarini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishni tezlashtirish zarurligi taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring