Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 22-avgust kuni boʻlib oʻtadi
Foto: Illustrativ surat
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni 17:00 da Toshkent shahridagi Gʻalaba bogʻida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Davlat test markazi xabar bermoqda.
Test sinovlari mutaxassislik va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan oʻtkaziladi.
Bunda talabgorlarga har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test topshirigʻi va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
Chet tili boʻyicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar chet tili boʻyicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan doirasida olish mumkin boʻlgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida mutaxassislik fani uchun 1 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 126 ball boʻlib, mutaxassislik fani boʻyicha har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fani boʻyicha esa 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.
Talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan 16:00 dan kechikmagan holda kelishlari soʻraladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring