Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan nashr etilgan yangi kitob taqdimoti

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan nashr etilgan “Munosib yashamoq baxti” nomli kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Kitob I-darajali Davlat adliya maslahatchisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli hayoti va serqirra faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiladi.
Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.
Davlatimiz rahbari juda koʻp bora taʼkidlaganidek, yangi Oʻzbekistonda amalga oshiralayotgan islohotlardan koʻzlangan asosiy maqsad – inson qadrini ulugʻlash, uni eʼzozlashdir. Shu nuqtayi nazardan Sudyalar oliy kengashining mamlakatimiz huquqiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan, hayoti va faoliyati, turmush tarzi boshqalar uchun ibrat maktabi boʻlgan, huquqshunoslik sohasi dargʻalari, ulugʻ ustozlar haqida hikoya qiluvchi kitoblar nashr etib kelayotgani alohida taʼkidga loyiq.
2022-yilda oʻz baxtini elu yurt xizmatida deb bilgan jonkuyar va fidoyi yurtdoshlarimiz, b oʻzbek ayollari orasidan yetishib chiqqan akademik Xadicha Sulaymonova, Mamlakat Vosiqova va Halima Muhitdinovalarning mazmunli hayot yoʻllaridan hikoya qiluvchi “Uch mashhur oʻzbek ayoli” nomli kitob kitobxonlar qoʻliga borib yetdi.
Bundan koʻzlangan ezgu maqsad, maʼrifat va maʼnaviyat elchilari boʻlmish kitoblar orqali boʻlajak huquqshunoslarni tarbiyalash, sudyalar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini kasbiga sadoqatli insonlar boʻlib shakllanishiga hissa qoʻshishdir. Chunki, oʻz sohasi yetuklari hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning tajribalaridan boxabar boʻlish sohada faoliyat yuritayotganlar uchun katta maktab boʻlishi, tabiiy. Shubhasiz, eng yaxshi murabbiy kitobdir.
Tadbirda mamlakatimiz huquqshunoslik sohasining rivojiga katta hissa qoʻshgan taniqli huquqshunoslar, sud tizimi faxriylari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etib, kitob qahramoninig ibratli hayoti va kitobning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatini alohida taʼkidlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring