Sudyalar korpusi vakillari 17 nafarga koʻpaydi

02:07 26 Avgust 2021 Jamiyat
273 0

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 17 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga koʻra, ularning barchasi Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabini muvaffaqiyatli tamomlagan magistrlar hisoblanadi.

Kengash qaroriga koʻra:

Abbasov Jaloliddin Subxonovich – besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Abdullayev Nurulla Abdulla oʻgʻli – besh yil muddatga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Abdullayev Shermuhammad Roʻzimatovich – besh yil muddatga Fargʻona viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Soʻx tuman sudining raisi lavozimiga;

Abduraximov Bexzod Baxodirovich – besh yil muddatga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Axadova Nargiza Baxodirovna – besh yil muddatga Namangan viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Musaboyev Jaxongir Sobirovich – besh yil muddatga Namangan viloyati Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Narmuxamedov Abdulla Abdimajitovich – besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Yuqorichirchiq tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Obidov Lazizbek Ismoilovich – besh yil muddatga Toshkent viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Olmaliq shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Odashev Abdullajon Odiljonovich – besh yil muddatga Andijon viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Ravshanov Xurshid Sagdullayevich – besh yil muddatga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Raximov Bobir Istamovich – besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Safarov Umidjon Xakimjonovich – besh yil muddatga Fargʻona viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻqon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Hakimov Umidjon Xamidovich – besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Xanayev Umiddjan Umaraliyevich – besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Xursandov Jamshid Nusratovich – besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Shermatov Shoxdiyor Baxtiyorovich – besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Qurbanov Isomiddin Baxritdinovich – besh yil muddatga Toshkent viloyati Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?