Sud “UzAuto Motors” ishini qayta koʻrib chiqadigan boʻldi

09:31 04 Dekabr 2020 Jamiyat
714 0

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev shunday yozadi:

"Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Toshkent shahar maʼmuriy sudining 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyatsiya shikoyatini sud qabul qilibdi.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Toshkent shahar maʼmuriy sudi “UzAuto Motors” bogʻliq ishni qayta koʻrib chiqadi.

Umid qilamizki, barcha asoslar xolis va har tomonlama koʻrib chiqiladi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?