Sud Ortiqxoʻjayevning “Universam” binosi joylashgan yerni tortib olish boʻyicha chiqargan qarorini bekor qildi

17:39 29 Yanvar 2021 Jamiyat
1447 0

2021-yil 27-yanvar kuni Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudida soʻngi kunlarda koʻpchilikni eʼtiborini tortib kelgan, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarida muhokamalarga sabab boʻlgan Yunusobod tumani Ahmad Donish va Amir Temur koʻchalari kesishmasida 65 ta tadbirkorga tegishli bino va inshootlar joylashgan 6 ga yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olish toʻgʻrisidagi hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqidagi maʼmuriy ishni mazmunan koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu ish sudya D. Toshev tomonidan koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga koʻra, arizachi “Uy roʼzgʼor mollari” MCHJ, “Nur sexri oshiyoni” MCHJ, “Zar-ziynat biznes” MCHJ, “Saida-baroka” XK, “Glorius justice” MCHJ, S. Rososhanskaya va “Emisun market” XKning talablari toʻliq qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimining 27. 11. 2018-yildagi “Yer maydonlarida obodonlashtirish va buzish ishlarini olib borish haqida”gi 1667-sonli, 31. 12. 2019-yildagi “URBAN DEVELOPERS” MCHJ shaklidagi qoʻshma korxonasiga yer maydonini ajratib berish haqidagi 1879-sonli va Yunusobod tuman hokimining 18. 12. 2018-yildagi “Toshkent shahar hokimining 2018-yil 27-noyabrdagi qarori ijrosi haqida”gi 2102-sonli qarorlari haqiqiy emas deb topilgan.

Hal qiluv qarori ustidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida Toshkent shahar maʼmuriy sudiga shu sud orqali apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?