Sud Trampni Kapitoliyga qilingan hujum vaqtida “prezidentlik immuniteti”ga ega boʻlmagan deb topdi

12:11 07 Fevral 2024 Dunyo
139 0

Donald Tramp Kapitoliyga qilingan hujum vaqtida “prezidentlik immunitetiga” ega boʻlganini aytib, oʻzining javobgarlikka tortilishini noqonuniy ekanligini taʼkidladi. Biroq, Kolumbiya okrugi federal apellyatsiya sudi shikoyatni rad etib, “ushbu jinoiy ish doirasida sobiq Prezident oddiy fuqaro Tramp sifatida” qatnashishini eʼlon qildi.

Trampning oʻzi sud qaroriga hali izoh bermadi.

Respublikachilarning AQSH Prezidentligiga ehtimoliy nomzodi boʻlgan Tramp suddan shikoyatni qayta koʻrib chiqishni talab qilishi, uni toʻliq holda, hatto AQSH Oliy sudigacha olib borishi mumkin. Ushbu jarayon bir necha oyga, ehtimol noyabr oyining boshida boʻlib oʻtishi kutilayotgan prezidentlik sayloviga qadar choʻzilishi mumkin. Maʼlumot uchun, 2021-yil 6-yanvarda saylovda yutqazgan Tramp tarafdorlari ovoz berish natijalarini tasdiqlash vaqtida Kongress binosiga bostirib kirishgan. Tartibsizliklar davomida besh kishi halok boʻlgan, 50 ga yaqin namoyishchilar hibsga olingan. Yuzlab odamlar allaqachon turli xil muddatlarga qamoqqa hukm qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?